TKT sertifikati uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida ham ustama toʻlanadimi?

TKT sertifikati uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida ham ustama toʻlanadimi?

Savol: Mening TKT sertifikatim bor. Ushbu sertifikatim uchun maktabgacha talim tashkilotlarida ham ustama toʻlanadimi?

 

 

3515-1 qarorga asosan  “umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama belgilangan tartibda toʻlanadi” deyilgan.

 

 

Bundan koʻrish mumkinki faqat umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun amal qiladi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish