27-avgust kuni nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi (ro‘yxat)

27-avgust kuni nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi (ro‘yxat)

2026-yil 27-avgust kuni nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Talabgorlar imtihonga pasport yoki ID-karta bilan belgilangan vaqtda kelishi kerak.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq xabar berilganidek, 2026-yilning III choragida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlari avgust-sentyabr oylarida o‘tkaziladi. Navbatdagi test sinovi 27-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va imtihon hududi bilan quyidagi PDF fayl orqali tanishishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur ma’lumotlarni my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda berilgan ariza raqami yordamida aniqlash mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Test topshiradigan talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda, shaxsini tasdiqlovchi hujjat — pasport yoki ID-karta bilan kelishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Turli sabablarga ko‘ra test topshirish hududi yoki test topshirish tilini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan talabgorlar bu masala bo‘yicha NostrifikatsiyaBBA_bot orqali murojaat qilishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunda murojaatda ariza raqami, ism, familiya va sharif ko‘rsatilishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Murojaatlar yuqoridagi bot orqali qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

27-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan sinovda ishtirok etadiganlar ro‘yxati — Faylni yuklash⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2026-yil 13-avgust kuni xorijiy davlatlarda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish  bo‘yicha test sinovlarida  900 nafardan ziyod talabgor ishtirok etib, ulardan 2 nafari jarayondan chetlatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, test topshirganlardan 180 nafari belgilangan talabni bajargan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠