Qonunchilikda o‘zgarish: bolalar va katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha ta’lim tizimi joriy etiladi

Qonunchilikda o‘zgarish: bolalar va katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha ta’lim tizimi joriy etiladi

2025-yil 23-oktyabrdagi qabul qilingan O‘RQ–1091-sonli Qonunga muvofiq, ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

 

Unga ko‘ra, qo‘shimcha ta’lim quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:

 

 

➖ bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim;

 

➖ katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha ta’lim.

 

 

Bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish, ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida amalga oshiriladi.

 

 

Bunda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnik, sport va boshqa yo‘nalishlarda bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarini tuzishlari mumkin.

 

Katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha ta’lim esa ularning ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish hamda qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni egallashiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi.

 

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.