“Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”ga o‘zgartirishlar: muhokama 30-oktyabrgacha davom etadi

“Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”ga o‘zgartirishlar: muhokama 30-oktyabrgacha davom etadi

Muhokamalar portaliga ‘‘Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida’’gi qaror loyihasi joylashtirildi.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–76-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 17-bandiga muvofiq, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda tashqi sifat nazoratini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vazifasi belgilangan.

 

 

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Qonun loyihasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan  ishlab chiqildi.

 

 

Yangi qonun loyihasi orqali 2 ta – “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklifi berilmoqda.

 

 

Mazkur Qonun loyihasining qabul qilinishi tegishli qonunlarni amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilishiga erishiladi.

 

 

Fuqarolar Qonun loyihasi muhokamasida 2025-yil 30-oktabrga qadar (shu kuni ham) ishtirok etishlari mumkin.

 

 

Asosiy oʻzgarishlar haqida avvalroq xabar bergan edik.