Joriy yil 14-oktyabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya bosh vaziri o‘rinbosari va adliya vaziri Devid Lemmi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda inson kapitalini rivojlantirish va O‘zbekiston maktablarida Kembrijning ayrim dasturlarini joriy etish, Oksfordda o‘zbek tilini o‘rganish loyihalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ingliz tilida so‘zlashuvchi o‘qituvchilarni jalb qilish masalalari muhokama qilingan.
“Bunday qo‘shma loyihalar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi”, deydi Saida Mirziyoyeva.
