“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini boshqarish jarayonlari raqamlashtirildi

“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini boshqarish jarayonlari raqamlashtirildi

Prezidentning 2024-yil 21-iyundagi PQ–231-son qarori hamda vazirlikning tegishli buyrug‘iga muvofiq, “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari joriy etildi.

 

 

Birinchi bosqichda 2024-yil 2-oktyabrdan boshlab aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari, ikkinchi bosqichda esa 2025-yil 31-yanvardan xorijiy til (ingliz tili) fani hamda 15-fevraldan boshlab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari ushbu jarayonga qamrab olindi. Umuman olganda, dastlabki bosqichlarda 277 ming nafarga yaqin pedagoglar ishtirok etgan.

 

 

Uchinchi bosqichda, ya’ni 2025–2026-o‘quv yili davomida 11 ta yo‘nalish bo‘yicha fan o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu bosqichda 292 nafar master-trener, 3 901 nafar mentor-o‘qituvchi, 92 707 nafar yetakchi o‘qituvchi hamda 467 944 nafar o‘qituvchi qamrab olinadi.

 

 

Kasbiy rivojlantirish jarayonlarini raqamlashtirish, o‘qituvchilar uchun qulayliklar yaratish, ta’lim tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida http://krk.avloniy.uz platformasi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.

 

 

Mazkur platforma orqali o‘qituvchilarning treninglardagi ishtiroki, o‘zlashtirish jarayoni, davomatini elektron tarzda kuzatish, shuningdek, kontent materiallarini tizimli tarzda yetkazish imkoniyati yaratilgan.