Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining yangi mavsumiga start berilgan edi.
Umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 6 -7-8 hamda 9 – 10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan mazkur tanlovning tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichi jarayonlari joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida tashkil etiladi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar tanlovda qatnashish uchun 656 171 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.
O‘quvchilar soni hududlar kesimida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 28 034 ta;
Andijon viloyati: 109 365 ta;
Buxoro viloyati: 44 090 ta;
Jizzax viloyati: 22 136 ta;
Qashqadaryo viloyati: 40 766 ta;
Navoiy viloyati: 17 850 ta;
Namangan viloyati: 41 736 ta;
Samarqand viloyati: 50 693 ta;
Sirdaryo viloyati: 14 325 ta;
Surxondaryo viloyati: 93 874 ta;
Toshkent viloyati: 61 795 ta;
Farg‘ona viloyati: 45 377 ta;
Xorazm viloyati: 54 561 ta;
Toshkent shahri: 31 569 ta.
Ma’lumot uchun, tanlovning Respublika bosqichida har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan (I, II, III o‘rin g‘oliblari hamda eng yuqori ball to‘plagan 4 nafar) jami 14 nafar g’olib Germaniyaga taʻlim sayohatiga yuboriladi.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar jadidlarizidan.uz havolasi orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin.

