Maktabda qaysi fanlar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi?

Maktabda qaysi fanlar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi?

Qonunchilikka ko‘ra, malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan quyidagi hollarda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:

 

 

– o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining I — XI sinflarida “Chet tili” fani;

 

– ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;

 

– V — XI sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari”;

 

– VIII — XI sinflarda “Jismoniy tarbiya”;

 

– V — IX sinflarda “Texnologiya”;

 

– X-XI sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanlari;

 

– ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II — XI sinflarida “O‘zbek tili” fani;

 

– ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalarining II — XI sinflarida “Rus tili” fani.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish