Bugundan kontraktga kirgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun maqsadli qabulga ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi

Bugundan kontraktga kirgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun maqsadli qabulga ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan va umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlarga davlat granti asosida qo‘shimcha 500 ta maqsadli qabul parametrlari ajratilgani haqida xabar bergan edik.

 

 

Ushbu tanlovda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish imtihonida 68,0 va undan yuqori ball to‘plagan, kunduzgi taʼlim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar ishtirok etishlari mumkin.

 

 

Ushbu toifadagi abituriyentlar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida 2025-yil 24–30-sentyabr kunlari ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

 

 

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar o‘zlari toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti uchun maqsadli tanlovda ishtirok etadilar.

 

 

Tanlov natijalari 2025-yil 4-oktyabrga qadar my.uzbmb.uz saytida e’lon qilinadi.

 

 

Faylni yuklash