O‘zbekiston va Iordaniya talabalar almashinuvi va qo‘shma ilmiy dasturlarni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Iordaniya talabalar almashinuvi va qo‘shma ilmiy dasturlarni yo‘lga qo‘yadi

20-sentabr kuni Ammon shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Iordaniya oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Oliy ta’lim kengashi direktori Shadi Al-Masa’deh bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

 

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, muloqot davomida Iordaniya Podshohi Abdulloh II ibn al-Husaynning joriy yil avgust oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunida imzolangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni birgalikda bajarish masalasida kelishuvga erishildi.

 

 

Tomonlar ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Jumladan, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy dasturlarni yo‘lga qo‘yish va akademik hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

 

Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyorlik bildirildi.

 

 

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov ham ishtirok etdi.