Avgust oyidan ayrim oilalarga beriladigan bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovi to‘xtatiladi

Avgust oyidan ayrim oilalarga beriladigan bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovi to‘xtatiladi

2026-yil fevral oyida “Kambag‘al oila” toifasidagi oilalarga tayinlangan bolalar nafaqasi va moddiy yordamning 6 oylik muddati avgust oyida yakunlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ijtimoiy himoya milliy agentligi ayrim oilalarda to‘lovlar davom ettirilmasligi mumkinligini ma’lum qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qilishicha, “Kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarga 2026-yil fevral oyida tayinlangan bolalar nafaqasi hamda moddiy yordam to‘lovlarining 6 oylik muddati avgust oyida yakunlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, to‘lovlarning davom ettirilishi yoki to‘xtatilishi oiladagi mehnatga layoqatli a’zolarning rasmiy bandligi asosida baholanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nafaqa quyidagi hollarda keyingi oydan boshlab to‘xtatiladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • oiladagi mehnatga layoqatli shaxs oxirgi 6 oy davomida rasmiy ishlamagan bo‘lsa;
  • Bandlik xizmatlari tomonidan taklif etilgan mos ishni ikki marta yoki undan ko‘p rad etgan bo‘lsa.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nafaqa davom etishi uchun nima qilish kerak?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

To‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash uchun oiladagi mehnatga layoqatli shaxs quyidagilardan biri orqali rasmiy bandligini ko‘rsatishi zarur:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Rasmiy ishga joylashish (mehnat shartnomasi asosida);
  • yakka tartibdagi tadbirkor (YATT) sifatida ro‘yxatdan o‘tib, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan ijtimoiy soliqni to‘liq to‘lash.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatma: Bolalar nafaqasi va moddiy yordam davlat tomonidan haqiqatan ham ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuning uchun mehnatga layoqatli oila a’zolarining rasmiy bandligini ta’minlash muhim hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, 2026-yil 1-iyuldan bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari oshirilgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠