Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “Ko‘mak” loyihasi ishga tushirildi.
Loyiha xorijiy tillar bo‘yicha C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega (va uni olganiga 2 yildan oshmagan), ayniqsa olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlari ochish istagidagi yoshlar uchun.
Loyiha orqali yosh tadbirkorlarga 3 yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan 130 million so‘mgacha ssuda (foizsiz qarz) beriladi.
Imtiyozdan foydalanish uchun so‘rovnomani to‘ldiring.
