2025-yilning 1-sentyabr holatiga ko’ra, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalar miqdorlari belgilandi.
Unga ko’ra, maktabdan tashqari muassasalar bo’lim, seksiya, laboratoriya, kabinet mudirining ish haqi miqdori (kontingentdan qat’iy nazar) ikkinchi malaka toifali to’garak rahbarining ish haqiga teng miqdorda belgilanadi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar to’garak rahbarlarining bazaviy tarif stavkasi miqdorlari davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalari oliy ma’lumotli o’qituvchisi bazaviy tarif stavkasining 80 foizi miqdorida belgilanadi.

