2026-yildan boshlab “Ilgʻor muhandislik maktabi” tanlovi oʻtkaziladi

2026-yildan boshlab “Ilgʻor muhandislik maktabi” tanlovi oʻtkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-sentyabr kuni ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.

 

Unga ko‘ra, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun “Kelajak” markazlari tashkil etiladi, oʻquvchilarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinadi.

 

Yangi uylarda aholi soniga mos bogʻchalar quriladi, bogʻcha mutaxassislari uchun dual taʼlim va malaka oshirish tizimi joriy etiladi.

Qamrov past boʻlgan hududlarda xususiy bogʻchalarni davlat-xususiy sheriklik asosida ochish qoʻllab-quvvatlanadi; yer bepul, imtiyozli kreditlar beriladi.

 

14 ta hududda muhandislik maktablari tashkil etiladi.

 

2026-yildan Prezident sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” tanlovi oʻtkaziladi.

 

Toshkent shahrida M.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali, “ToshTech” texnika universiteti hamda Olmaliq davlat texnika instituti ochiladi.

 

Pedagogika talabalari uchun Abdulla Avloniy stipendiyasi joriy etiladi.

Doktorantura kvotalari milliy rivojlanish ustuvorliklariga qarab belgilanadi.