Bugun 22-24-avgust kuni Fan olimpiadalari markazi tomonidan o’tkazilgan matematika, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha O‘qituvchilar olimpiadasining tuman(shahar) bosqichining natijalari e’lon qilindi.
Mazkur bosqich natijalari bo’yicha ishtirokchilar uchun apellyatsiya natijalarini topshirish jarayoni boshlandi. Arizalar bugun soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
Apellyatsiya topshirishda ishtirokchilar o’zining shaxsiy ma’lumotlari va tegishli fan bo’yicha aniq e’tirozlarini bayon qilishi zarur.
Apellyatsiya arizalarini to’ldirish
Ma’lumot uchun, olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida Respublika boʻylab hududlar kesimida matematikadan 8 088 nafar, biologiyadan 4 755 nafar (79%), informatika va AT fanlaridan 5 043 nafar (76%) ishtirokchilar qatnashgan.
