Fargʻonadagi bogʻchada bolalar ovqatdan zaharlangani aytilmoqda: viloyat MMTB holatga izoh berdi

Fargʻonadagi bogʻchada bolalar ovqatdan zaharlangani aytilmoqda: viloyat MMTB holatga izoh berdi

Qayd etilishicha, holat 22-avgust kuni Qiziltepa qishlogʻidagi 7-sonli davlat bogʻchasida kuzatilgan. Shundan soʻng bolalar darhol shifokorlar koʻrigidan oʻtkazilib, kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda bogʻcha faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan.

 

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Xabarga ko’ra, olat tegishli tartibda soha mutaxassislari ishtirokida o‘rganilgan va zaharlansh aniqlanmagan.

 

Keltirilichicha, 2025-yil 21-avgust sanasida tumandagi maktabgacha tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi “MY GOLD OLTIARIQ” autsorsing tayyorlagan taomnomasida ko‘rsatilgani va ertalabki nonushta – bolalar sutli bo‘tqasi, sutli choy, pishloqli buterbrod, tushlikkka karam sho‘rva, bayram palovi, achchiq-chuchuk salat, mavsumiy mevalardan kompot, bug‘doy noni, ikkinchi tushlikka shokoladli keks, mavsumiy meva, choy berilib, tarbiyalanuvchilar ota-onasiga sog‘lom holatda tarbiyachi tomonidan topshirilgani dalolatnomada qayt etishgan.

 

Shuningdek, 2025-yil 22-avgust kunida: ertalabki nonushtada guruchli sutli bo‘tqa, sutli kakao, sariyog‘li buterbrod; tushlikda tovuq go‘shtidan ugrali sho‘rva, tovuq go‘shtidan dimlama, bodring porsiyali salat, quruq mevalardan kompot, bug‘doy noni va ikkinchi tushlikda esa tvorogli sufle, mavsumiy meva, choy berilib, tarbiyalanuvchilar ota-onalariga sog‘lom topshirilgan.

 

22-avgust kuni kechki payt  soat 20:45 da 2 nafar tarbiyalanuvchilar Oltiariq tumani Qiziltepa MFY hududida joylashgan 2-sonli Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ich buzilishi tashxisi bilan yotqizilgan. 23-avgust sanasida kechki soat 19:52 da yana 4 nafar tarbiyalanuvchilar mazkur shifoxonaga murojaat qilgan. DMTT tarbiyachilarining bergan ma’lumotida bu bolalar hafta davomida sog‘ligida shikoyati bo‘lsada, ular bog‘chaga qatnab kelgan.

 

Shu kunning o‘zida SEO va JSB xodimlari tashkilotga kelib, barcha oziq-ovqat mahsulotlaridan tekshirish uchun namunalar olishgan. Shuningdek, SEO va JSB xodimlari tomonidan 7-DMTTda faoliyat olib borayotgan barcha xodimlaridan kerakli surtma, analizlar olingan. Tekshiruv barcha natijalari ijobiy chiqqan.

 

 

Nega bolalar bemor sifatida aynan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga davolanishga yotqizildi? Zaharlanish gapi qaydan chiqdi?

 

Boshqarmaning xabariga ko’ra, joriy yilning 22-avgust kuni Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ich buzilishi tashxisi bilan yotqizilgan bemor bolaning qarindoshi Qiziltepa MFY oilaviy poliklinikada ishlovchi patronaj A.A. mahalla uchun ochgan ijtimoiy tarmoqdagi telegram kanalda “bog‘chada zaharlanish bo‘ldi” deb asoslanmagan ma’lumotni joylab tarqatgan va ulardan farzandlarida  ko‘ngil aynish, bosh og‘rig‘i, isitma kab noxushlik bo‘lsa zudlik bilan shifoxonaga murojaat qilishi lozimligini ta’kidlagan. Ota-onalar bolalarini sog‘lig‘idan xavotir olib, shifoxonaga yotqizishgan.

 

O‘rganish davomida shifoxonaga yotqizilgan boshqa ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyalanuvchilariga zaharlanish tashxisi qo‘yilmagani ma’lum bo‘lgan.