Braziliyada bolalarda diqqat va matematik ko‘nikmalarni yaxshilashning oson usuli topildi

Braziliyada bolalarda diqqat va matematik ko‘nikmalarni yaxshilashning oson usuli topildi

 

So‘nggi yillarda olimlar bolalarning bilim olish jarayonini yaxshilash va ularning intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli tajribalar o‘tkazmoqda. Braziliyada va boshqa davlatlarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy texnologiyalar va o‘yinlar orqali bolalarda nafaqat diqqat, xotira va matematik ko‘nikmalarni rivojlantirish, balki tanqidiy fikrlashni shakllantirish ham mumkin.

 

 

Braziliyadagi tajriba: kompyuter o‘yini orqali matematikani yaxshilash

 

Braziliyada o‘tkazilgan ilmiy izlanishlarda 7–10 yoshli maktab o‘quvchilariga Cucca Curiosa nomli mini-o‘yinlar to‘plami taqdim etilgan. Portugallik mutaxassislar tomonidan Unity platformasida yaratilgan bu o‘yinlarning har biri muayyan kognitiv ko‘nikmani – ishchi xotira, diqqatni boshqarish yoki moslashuvchan fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan.

 

 

Eksperimentda 112 nafar bola qatnashgan. Ularning yarmi beshta qisqa o‘yin mashg‘ulotidan iborat kursni o‘tgan, qolganlari esa nazorat guruhi sifatida kuzatildi. Tajriba oldidan va undan keyin barcha o‘quvchilar diqqat, xotira va matematik ko‘nikmalar bo‘yicha testdan o‘tkazilgan.

 

 

Natijada, o‘yin bilan shug‘ullangan bolalarda ijro funksiyalari sezilarli darajada yaxshilangan. Ayniqsa ishchi xotira, impulslarni boshqarish va fikrlashdagi moslashuvchanlik kuchaygan. Shu bilan birga, matematika natijalari ham yuqoriladi – bolalar arifmetik amallar, kasrlar va foizlarga oid topshiriqlarni samarali bajarishni boshlashgan.

 

 

Mutaxassislar bunday natijani aqliy ko‘nikmalarni muntazam mashq qilish bilan izohlaydi. Chunki ijro funksiyalari – rejalashtirish, diqqatni jamlash, ma’lumotni xotirada ushlash va impulslarni nazorat qilish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Aynan shu qobiliyatlar bolalarga darslarni tushunish va topshiriqlarni aniq bajarishda yordam beradi.

 

Mustaqil fikr shakllanishi: 8 yosh muhim bosqich

 

Yana bir qiziqarli tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bolalar taxminan 8 yoshdan boshlab mustaqil fikrlashni shakllantira boshlaydi. Bu yoshga kelganda ular turli nuqtai nazarlarni solishtirib, qarama-qarshi ma’lumotlardan o‘z xulosasini chiqarishga qodir bo‘ladi.

 

 

Developmental Science jurnalida chop etilgan maqolaga ko‘ra, 5–10 yoshli 92 bola “detektiv” turidagi kompyuter o‘yinida ishtirok etgan. O‘yinda “monstr-guvohlar” turli darajadagi ishonch bilan turlicha fikr bildirishgan.

 

Детский сад, детские сады, детсады, детский садик, детские садики, дети, няни, няня, фото - Новости Zakon.kz от 17.08.2025 12:46

 

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kichik yoshli bolalar (5–7) asosan taqdim etilgan variantlardan birini tasodifiy tanlagan bo‘lsa, katta yoshdagilar (8+) ikki qarama-qarshi fikrni birlashtirib, yangi oraliq xulosaga kelgan.

 

 

Olimlarning ta’kidlashicha, bu jarayon tanqidiy tafakkurning shakllanishini anglatadi. Bolalar ma’lumotni endi shunchaki nusxalashmaydi, balki uni tahlil qilib, shaxsiy qaror qabul qila boshlashadi. Biroq ular avtomatik tarzda murosaga intilmaydi – faqat kontekst buni asosli qilganida xulosa chiqaradilar.

 

Ushbu ikki tajriba bolalarning intellektual rivojlanishi qanchalik murakkab va qiziqarli jarayon ekanini ko‘rsatadi. Bir tomondan, oddiy kompyuter o‘yinlari diqqat va matematik qobiliyatlarni yaxshilashi mumkin. Ikkinchi tomondan, taxminan 8 yoshga kelib bolalarda mustaqil fikrlash va qarama-qarshi ma’lumotlarni uyg‘unlashtira olish qobiliyati paydo bo‘ladi.

 

 

Shu bois, zamonaviy ta’lim tizimi bolalarning bilimini oshirish bilan birga, ularning tanqidiy fikrlashini ham rivojlantirishga qaratgan maqsadga muvofiq.