Tibbiyot texnikumlarining natijalari e’lon qilindi

Tibbiyot texnikumlarining natijalari e’lon qilindi

Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazildi.

Abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballaridan kelib chiqib, o‘z tanloviga ko‘ra dastlab oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish tanlovida ishtirok etdilar.

Oxirgi bosqichda abituriyentlar 2025-yil 28-avgustga qadar tibbiyot texnikumlarini tanladilar.

Tibbiyot texnikumlariga talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganlik bo‘yicha yakuniy natijalar my.uzbmb.uz saytidagi abituriyentlarning shaxsiy kabinetlarida joylashtirildi.