‘‘Jasorat maktablari’’ uchun 2025/2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv rejalarni tasdiqlash bo‘yicha buyruq e’lon qilindi

‘‘Jasorat maktablari’’ uchun 2025/2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv rejalarni tasdiqlash bo‘yicha buyruq e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 16-iyundagi 198-sonli ‘‘“Jasorat maktablari” uchun 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan oʻquv rejalarni tasdiqlash toʻgʻrisida’’ gi buyrug‘i qabul qilindi.

 

 

Unga ko’ra, ta’lim tili o‘zbek tiliga bo’lgan «Jasorat maktablari» uchun 2025/2026-o’quv yiliga mo’ljallangan o’quv reja 2 qism: majburiy va chuqurlashtirilgan fanlardan iborat.

 

 

Buyruq bilan tanishish

 

 

Chuqurlashtirilgan fanlar uchun ajratilgan haftalik o’quv soatlar quyidagi fanlar soatidan beriladi:

 

 

5-sinf «Ona tili», «Texnologiya» fanlaridan 1 soatdan va «Musiqa madaniyati», «Tasviriy san’at» fanlaridan 0.5 soatdan jami 3 soat olinib, chuqurlashtirilgan fanlar «Matematika», «Tarixdan hikoyalar» va «Jismoniy tarbiya» fanlariga 1 soatdan jami 3 soat berilgan.

 

 

Ikki guruhga bo’linib o’qitiladigan chuqurlashtirilgan fan soatlari, ikki guruhga bo’lib o’qitiladigan fan soatlaridan beriladi.