2025-yil 28-avgustga (shu kuni ham) qadar my.uzbmb.uz saytida abituriyentlar kasbiy ta’lim muassasasi (tibbiyot texnikumlar)ini tanlashlari mumkin.
Abituriyentlarni tibbiyot texnikumlariga qabul qilish tartibi bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
