Joriy yilning 10-avgust kuni ‘‘Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturi uchun kirish imtihoni bo‘lib o‘tadi. Avvalroq, ushbu milliy dasturga umumiy 27 789 ta ariza qabul qilinganini xabar bergandik.
Imtihon vaqti: 1-smena 8:00, 2-smena 12:00
Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asli hamda ruxsatnoma bilan kelishi talab etiladi. Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.
Eslatma, imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko’chirish mavjud emas va talabgorlarga qo‘shimcha imkon berilmaydi. Har bir talabgor imtihon kunida belgilangan vaqtda yetib kelishi shart.
Ruxsatnomani ariza.piima.uz saytidan yuklab olinadi.
Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi va natijalari boʻyicha imtihon materiallari nomzodlarga berilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1206
