«Prezident iqtidorli farzandlari» tashabbusini qo’llab-quvvatlash bo’yicha milliy dastur imtihonining natijalari murakkabligi hisobga olinib quyidagi tartibda baholanadi:
Matematika — 40 ta savol:
8 ta savol — 0,5 ball
24 ta savol — 1 ball
8 ta savol — 1,5 ball
Umumiy ball: 40 ball
Ingliz tili — 40 ta savol:
8 ta savol — 0,5 ball
24 ta savol — 1 ball
8 ta savol — 1,5 ball
Umumiy ball: 40 ball
Jami ikkala fan bo‘yicha maksimal ball: 80 ballni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga umumiy 27 789 ta ariza qabul qilingan. Milliy dasturga imtihon joriy yilning 10-avgust kuni o’tkaziladi.
