Toʻlovlar attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Yaʼni, “navbatdan tashqari attestatsiya” turi tanlanganda har bir pedagog uchun toʻlov toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatilgan xabarnoma (kvitansiya) yuboriladi. 

 

 

Toʻlovlarni shu kvitansiyada koʻrsatilgan INVOYS RAQAMIGA oʻtkazish kerak boʻladi. Avvalroq, toifa olish uchun ariza topshirishda 2025-yil 1-avgustdan boshlab turli xizmatlar orqali murojaat etilgandagi to’lov miqdorlari haqida xabar berilgandi.