Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:
Yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi
1. ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar.
2. Chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar).
3. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari.
4. Hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
Umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi:
1. Umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
2. Vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.
