Xabaringiz bor, joriy yilgi oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim shakliga kirish imtihonlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar (shu kuni ham) bo’lib o’tdi.
Joriy yilda 678 nafar abituriyent fanlar majmuasiga mos milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgani sababli test sinovlaridan ozod qilingan hamda ularga ruxsatnoma shakllantirilmagandi.
Shuningdek, umumiy hisobda eng koʻp maksimal ball biologiya+kimyo fani majmuasida (tibbiyot yoʻnalishi desa ham boʻladi), undan keyin ingliz tili+ona tili fanlari majmuasida (ingliz tili filologiyasi yoʻnalishi) ekanligi aytilmoqda.
Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball toʻplaganlar soni quyidagicha:
Biologiya + kimyo fanlari majmuasida (259 nafar)
Oʻzbek tili: 227 nafar
Rus tili: 18 nafar
Qoraqalpoq tili: 14 nafar
Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida (234 nafar)
Oʻzbek tili: 227 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar
Tarix + chet tili fanlari majmuasida (146 nafar)
Oʻzbek tili: 145 nafar
Rus tili: 1 nafar
Matematika + chet tili fanlari majmuasida (139 nafar)
Oʻzbek tili: 133 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 2 nafar
Davlat va huquq asoslari + chet tili fanlari majmuasida (26 nafar)
Oʻzbek tili: 22 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar
Ona tili va adabiyot + chet tili fanlari majmuasida (16 nafar)
Oʻzbek tili: 9 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar
Matematika + fizika fanlari majmuasida (5 nafar)
Oʻzbek tili: 5 nafar
Fizika + matematika fanlari majmuasida (1 nafar)
Oʻzbek tili: 1 nafar
Izoh: yuqoridagi roʻyxatga “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilarining natijasi kiritilmagan, chunki ular uchun alohida kvota beriladi.
