Bir smenada tushgan savollar boshqa smenada ham takrorlanadimi?

Bir smenada tushgan savollar boshqa smenada ham takrorlanadimi?

Davlat test sinovlari bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi va birinchi smenada tushgan savollar ikkinchi smenaga takroran berilmaydi. Har bir smena uchun alohida test savollari bazasi shakllantiriladi, bu esa imtihonlarning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlaydi.

 

Texnik jihatdan, ayrim savollar mazmunan yoki shaklan o‘xshash bo‘lishi mumkin. Chunki testlar davlat ta’lim standartlari asosida tuziladi. Biroq, aynan o‘tgan yilgi test savollari bu yil to‘liq shaklda takrorlanishi ehtimoli juda past.
 

Davlat test markazi (DTM) (hozir Bilimni baholash agentligi) tomonidan 2023-yilda e’lon qilingan videoda quyidagilar qayd etilgan edi:

 

— har bir test smenasi uchun maxsus test topshiriqlari bazasi yaratiladi;

— savollar bir smenadan boshqasiga o‘tmaydi;

— ushbu tizim yildan-yilga o‘zgarishsiz saqlanib kelinadi.

Shuningdek, 2025–2026-yilgi test sinovlarida ham ushbu tartib saqlanib qoladi.

 

Eslatma! @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

 

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o’z bilimingizni bepulga sinovdan o’tkazishingiz mumkin.

 

Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda imtihon natijalarni bilib olish mumkin:

 

@e_uzbmb_mandatbot

@e_uzbmb_mandat1bot

@e_uzbmb_mandat2_bot

@e_uzbmb_mandat3bot

@e_uzbmb_mandat4_bot