Prezidentning 2025-yil 8-iyul kunidagi 220-sonli “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to’g’risida”gi qaroriga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o’qish jarayoni 2 ta bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqichda 8–11-sinflar uchun Olimpiya va Paralimpiya maktabi, 2-bosqichda 1–2-kurslar uchun Olimpiya va Paralimpiya kolleji faoliyat ko’rsatadi.
2026-yildan:
Markaz o’quvchi-sportchilari kontingenti 800 nafarga yetkaziladi;
Markazning Olimpiya va Paralimpiya kolleji o’quvchi-sportchilariga Sport vazirligining stipendiyasi uchun nazarda tutilgan mablag’lar doirasida oylik stipendiya ta’sis etiladi.
Olimpiya o’yinlari va ushbu musobaqa dasturiga kiritilgan sport turlari bo’yicha jahon chempionatlari g’olib va sovrindorlari oliy harbiy (ixtisoslashtirilgan) ta’lim muassasalariga to’g’ridan-to’g’ri qabul qilinadi.
