Kembrij olimlari teginishni his qiladigan sun’iy terini yaratishdi

Kembrij olimlari teginishni his qiladigan sun’iy terini yaratishdi

Inson terisi kabi yumshoq va sezgir sun’iy teri yaratish ilm-fanda katta yutuq hisoblanadi. Odatda bunday texnologiyalarni ishlab chiqarish qiyin va ko‘pincha qattiq-yumshoq qatlamlar o‘rtasidagi ajralish, elektr signallarning aralashuvi kabi muammolar yuzaga keladi. Shu sababli Kembrij olimlari faqat yuqori sezgir gidrogel membranasidan iborat bir qatlamli maxsus sun’iy teri ishlab chiqishdi.

 

Ushbu teri elektr impedans tomografiyasi texnologiyasi orqali yuz minglab signallarni bir vaqtda kuzatadi va oddiy teginish, shikastlanish, bir nechta nuqtadagi bosim, mahalliy qizish kabi turli holatlarni aniq ajratadi. Tadqiqotchilar bu texnologiyani kattalar qo‘li shaklida sinab ko‘rib, sun’iy qo‘l atrof-muhitdagi o‘zgarishlarni aniqlash, inson qo‘li teginishini sezish va hatto o‘z holatini his qilish imkoniyatiga ega ekanini isbotlashdi.

 

Bu yangilik sun’iy teri va yumshoq robot texnologiyalarida axborotdan oqilona foydalanish asosida yangi imkoniyatlarni ochadi.