Jarqo‘rg‘on tumanidagi bir maktab direktori o‘qituvchidan 400 AQSH dollari miqdorida pul mablag‘ini berishni talab qildi.
Aniqlanishicha, maktab direktori ushbu maktabning o‘qituvchisini qo‘shimcha ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga 0,5 shtatlik lavozimiga tayinlashini aytgan.
Buning evaziga esa 400 AQSH dollari miqdorida pul mablag‘ini berishni talab qilgan.
Shuningdek, unga yana qo‘shimcha ravishda 300 AQSH dollari bermasa, uni direktor o‘rinbosarligidan bo‘shatib, boshqa xodimga berishligini aytgan.
Holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tuman sudida ko‘rib chiqilib, maktab direktorini 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

