Fransiyaning nufuzli OTM da ‘‘O‘zbekshunoslik’’ kafedrasi ochildi

Fransiyaning nufuzli OTM da ‘‘O‘zbekshunoslik’’ kafedrasi ochildi

Fransiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri «Yschool» universitetida «O’zbekshunoslik» kafedrasi ochildi. Bu haqda ‘‘Dunyo’’ axborot agentligi xabar berdi.

 

 

Uning ochilish marosimida «Ipak yo’li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Turizm kafedrasi mudiri va kafedra o’qituvchisi, hamda «Yschool» universiteti rahbariyati qatnashgan.

 

 

Tadbirda tomonlar kafedraning O’zbekiston tarixi va madaniyatini, o’zbek tili va adabiyotini Fransiyada keng targ’ib qilishda faol ishtirok etishi rejalashtirilgan.

 

 

«O’zbekshunoslik» kafedrasiga «Ipak yo’li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan O’zbekiston tarixi va madaniyati, o’zbek tili va adabiyoti, turizm va madaniy merosiga oid kitob va albomlar, shuningdek, o’zbek xalq amaliy san’ati namunalari va buyuk ajdodlarimiz sur’atlari topshirilgan.