O‘zbekiston tarixda birinchi bor Jahon chempionatiga chiqdi. Talimxabarlari.uz jamoasi barchani mundial yo’llanmasi bilan muborakbod etadi.
O‘zbekiston milliy futbol jamoasi bugun, 4-iyun kuni Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) qarshi o‘yinda 0:0 hisobida durang o‘ynadi va shu natija bilan ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.
JCH–2026 saralash bosqichining 9-turidan keyin Temur Kapadze boshchiligidagi jamoa 18 ochko jamg‘ardi. Guruhda 3-o‘rinda ketayotgan BAAda esa 14 ochko bor. Shunday qilib, so‘nggi tur natijasidan qat’i nazar, O‘zbekiston guruhda 2-o‘rinni kafolatlab, jahon chempionatiga yo’l oldi.
Bu natija O‘zbekiston futbol tarixida ilk bor Jahon chempionatiga chiqish degani. 2026-yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan musobaqada o‘zbekistonlik futbolchilar ham ishtirok etadi.
O‘zbekiston milliy jamoasi bungacha 7 marta mundialga chiqishga uringan, ammo faqat 8-urinishda orzusiga yetdi.
Bu — o‘zbek futboli uchun tarixiy g‘alaba.

