Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 39-sonli umumtaʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Hakimjonova Madinabonu Kimyo, Biologiya va Fizika fanlaridan o‘tkazilgan olimpiadada yuqori o‘rinni egalladi.
Natijada, muddatdan oldin talabalikka tavsiya etildi. Shuningdek, u 3 ta (biologiya, kimyo, ona tili va adabiyoti) fandan «Umumtaʼlim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat» larini ham qo‘lga kiritgan.
