Ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi

Ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi

Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi.

 

Avvalroq, ushbu tavsiyanomaga talabgorlarning 6 ta mezoni haqida ma’lumot berilgan edi. Arizalar tavsiyanoma.ijro.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

 

Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

 

Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

 

Mazkur tavsiyanoma bir yil muddatga beriladi. O’tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin o’qishga kira olmagan xotin-qizlar joriy yilda tavsiyanoma olish uchun yana qayta murojaat qilishlari kerak bo’ladi.

 

Ma’lumot uchun: bu tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi. Ko‘pchilik tavsiyanoma olsam 4% ball qo‘shiladi, deb xato tushunadi.

 

Bundan tashqari, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi.

 

Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan yashash joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etishlari lozim. 

 

Bu ikkita tavsiyanoma boshqa-boshqa bo’lib, bir kishi ikkala tavsiyanomani ham olishi mumkin.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish