Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-«D»sinf o‘quvchisi Tohirjon Rahmonquliyev ‘‘EUROPEAN KIDS’’ chempionatida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
U Italiya davlatining Roma shahrida 14-15 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilgan ‘‘EUROPEAN KIDS’’ chempionatda sportning Jiu-Jitsu MMA turi bo‘yicha ishtirok etib, faxrli 3- o‘rinni egallagan.
Izoh: MMA turi – bu ‘‘aralash jang sanʼati’’ yoki ‘‘aralash yakkakurash’’, turli jang san’ati texnikalarini oʻz ichiga umumlashtirgan sport turi hisoblanadi.
