U tayinlovga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Taʼlim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
Fan olimpiadalari markazi tashkil etilishidan avval olimpiadalarni tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash ishlari bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Fan olimpiadalarini o‘tkazish va iqtidorli o‘quvchilarni saralash departamenti shug‘ullangan.
Ushbu departamentga esa 2019-yildan buyon vazirlikda ishlab kelayotgan Raxmonov Umid Olimovich rahbarlik qilib kelgan.
«Qayerga qaramay “olimpiada” o’tkazilayotganga o’xshaydi. Olimpiadalarning qadri tushishidan va mazmun mohiyati hamda maqsadlarining o’zgarishidan ehtiyot bo’lishimiz kerak.Ko’pchilik “o’zi g’olib bo’ladigan maydon” qidirayotgandek tuyuladi, yani’ mahalliy olimpiadalarda ko’rinishmaydi, lekin “ABC”davlatda tashkil qilinadigan “GBJ” nomli olimpiadada pulini to’lab, yo’l kirani ko’tarib qatnashadi va bir quchoq medallar bilan kelishadi. Bunga e’tiroz yo’q, albatta barchaning xohishi va istagi turlicha.Bu bolalar uchun kichik bir tajriba bo’lishi mumkin, lekin bularni tashkil qilib, ustida turayotganlar “haligi yosh chempion qorako’zlardan” shunchaki PR uchun foydalanayotgani achinarli, bunga ergashib ko’pgina odamlarimiz noto’g’ri maslahatlar va tavsiyalar olayotgani yomon.Olimpiadaning nufuzi unda suv va konfet, futbolka va kepka berilishi bilan emas, taqdim qilinayotgan topshiriqlarning saviyasi va go’zalligi, baholanishning adolatli va shaffof tashkil qilinishi bilan belgilanishini unutish kerakmas.Ha yana bir narsa, olimpiadaning qandaydir professor nomi bog’lanishi yoki qandaydir xorijdagi universitetda o’tkaziladi deyilishi ham tahlil talab qiladi. Dunyoda Cambridj, Garvard, Yel va boshqa ko’pgina universiterlarning kichik bir kampuslarini ijaraga olib tijorat maqsadida yo’lga qo’yilgan loyihalar talaygina.So’nggi oylarda shaxsiy xabarda ko’plab shu ma’nodagi savollar va jumboqlar yuborilgani uchun, farzandlarini shu yo’lda tarbiya qilayotgan, o’qitayotgan ota-onalar va ustozlar uchun kichik bir maslahat tariqasida yozdim, xolos! Barchangizga omad tilayman!»,- deydi Umid Rahmonov.
Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi xodimi, pedagog Isroil Tillaboyev Rahmonovning fikriga qo’shimcha qilib, dunyoda eng nufuzli 5 ta fan olimpiadasi bo’lib, ularda ishtirok etishning o’zi qiyin ekanligini ta’kidlab o’tgan.
«Biron biznesmenning oson-oson savollar qo‘yib, daromad topish maqsadida o‘tkazayotgan «olimpiadalari»da «oltin» medal olib kelgan o‘quvchisi yoki farzandini «davlat eʼtibor bermayapti» deb jar soladiganlarga diplomatik tushuntirish bo‘libdi.
Dunyoda eng nufuzli 5 ta fan olimpiadasi bor, ularda yutish tugul qatnashish ham qiyin. Ushbu olimpiadalarda g’olib bo’lgan o’quvchiga davlat 800 mlndan ko‘proq pul beradi. Ulardan oltin olish o‘ta qiyin. Masalan, IMO (Xalqaro matematika olimpiada)dan hali O‘zbekiston oltin medal olmagan», – deydi Isroil Tillaboyev
