Ertaga eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza berishning oxirgi kuni

Ertaga eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza berishning oxirgi kuni

Turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olmagan (maktabni tamomlamagan) fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy attestatsiyalarni topshirish uchun ariza berish muddati my.gov.uz portali orqali 1-mayga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

 

Fuqarolarning umumiy o’rta ta’lim olish bo’yicha konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash maqsadida turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni tugatmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish imkoniyati beriladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq:

 

–  eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 1-martidan 1-mayiga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

 

Ariza berish uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas. Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

 

Bu muhim! Fuqarolar hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari mumkin. Hozirga qadar eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun 4 637 nafar fuqaro ariza topshirgan.