Buxoro davlat texnika universitetining yana bir talabasi oʻz joniga qasd qildi

Buxoro davlat texnika universitetining yana bir talabasi oʻz joniga qasd qildi

27-aprel kuni Buxoro davlat texnika universitetining yotoqxonasining 1-qavatida yashab turgan birinchi kurs talabasi oʻzini osib, joniga qasd qilgani haqida xabar bergan edik. 

 

 

Bugun, 28-aprel kuni ham ushbu universitetning yana bir talabasi tong saharda oʻz joniga qasd qilgani aytilmoqda.

 

Ma’lumotga koʻra, talaba F.D. (erkak) talabalar turar-joyida oʻzini osib oʻldirgan. Hozirda hududdan talabalarning chiqishi taqiqlangan. Yotoqxona qabriston ustida qurilgani aytilmoqda. Ayrim xabarlarga ko’ra, ushbu surunkali suiqasdlar universitet talabalariga qattiq taʼsir qilgan. Ular har tong vahima bilan uygʻonmoqda.

 

“Bizning ruhiyatimizga juda qattiq taʼsir qilyapti bu. Kattalar kelib holatni oʻrganib, bunaqa ayanchli ishlarni oldini olmaydimi?! Har bir talaba bilan suhbat qilib, ruhiy holatini oʻrganish kerakdir”, – degan universitet talabalarida biri.

 

 

Universitet masʼullaridan biri boʻlib oʻtgan suiqasd holatida talabalar bilan alohida ishlar olib borilayotganini, hozirgi kunda vaziyatni yanada chuqur oʻrganish va talabalarning psixologik holatini yaxshilash maqsadida bir qator tadbirlar tashkil etilayotganini ma’lum qilgan.

 

“Jumladan, talabalar oʻrtasidagi psixologik stressni bartaraf etish va ruhiy holatlarini yaxshilash uchun psixologlar tomonidan individual va guruhli suhbatlar olib borilmoqda. Talabalarning jismoniy va ruhiy salomatligini saqlash maqsadida, tegishli soha shifokorlari tomonidan suhbatlar va maslahatlar tashkil etilmoqda. Shifokorlar talabalarga sogʻliqni saqlash, stressni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar bermoqda”, – deydi universitet masʼuli.

 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, hodisa haqiqatdan ham bugun, 28-aprel kuni soat taxminan 06:20 lar atrofida sodir boʻlgan.

 

2005-yilda tugʻilgan fuqaro F.D. (2-bosqich talabasi) nomaʼlum sabablarga koʻra Buxoro davlat texnika universiteti qoshidagi akademik litseyida joylashgan sport zalining tom qismiga chiqib, boʻyin sohasidan oʻzini osib, vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Marhumning Instagramʼdagi sahifasiga 27-28-aprel kunlari 3 marotaba oʻz joniga qasd qilish mazmunidagi lavhalarni joylagani aniqlangan.