Buxoroda birinchi kurs talabasi oʻz joniga qasd qildi

Buxoroda birinchi kurs talabasi oʻz joniga qasd qildi

27-aprel kuni Buxoro davlat texnika universitetida yangi qurilgan yotoqxonaning 1-qavatida yashab turgan birinchi kurs talabasi o‘zini osib, joniga qasd qilgan. 

 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, 2005 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan 1-bosqich talabasi A.Sh. (erkak) bugun (27-aprel) ertalab taxminan soat 07:23 larda o‘z joniga qasd qilgan.

 

O‘limidan oldin talaba xat qoldirib ketgan. Xatda marhum o‘limi uchun hech kimni ayblamaslikni yozgan va o‘z ota-onasidan kechirim so‘ragan.

 

Bildirilishicha, prokuratura tekshirish harakatlarini olib borilmoqda.