Bugun, 15-aprel kuni Respublikamizning barcha hududlarida maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun yanvar-iyun oylarida oʻtkazilayotgan pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlariga start beriladi.
Birinchi boʻlib, Geografiya, Rus tili (milliy) hamda Rus tili va adabiyoti (rus) fanlari oʻqituvchilari oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazadilar (va albatta, yuqori natijalarni qayd etadilar).
Endilikda pedagoglar Malaka (test) sinovlarida berilgan javoblarini tekshirib koʻrishlari mumkin. Buning uchun pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetdan «Malaka sinov natija ballari» koʻrsatilgan joydagi “Batafsil” tugmachasini bosishlari kerak boʻladi.
Quyidagi roʻyxatlar orqali pedagoglar test topshiradigan aniq sanasini, guruhini va vaqtini bilib olishlari mumkin!
15-16-aprel kunlari test topshiradigan pedagoglar roʻyxati
17-aprel kuni test topshiradigan pedagoglar roʻyxati
18-19-21-aprel kunlari test topshiradigan pedagoglar roʻyxati
Shuningdek, pedagoglarga qulaylik yaratish maqsadida attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi.


