Andijon shahridagi Prezident maktabining 6-sinf oʻquvchilari ingliz tili fanidan CEFR chet tilini bilish sertifikatlarini qoʻlga kiritishdi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, maktabing 12 nafar 6-sinf oʻquvchisi ingliz tilidan C1 va B2 natijalarni qoʻlga kiritgan. Ularning bir nafari bir nafar C1 va 11 nafari esa B2 natijaga erishgan.
Ular:
Temur Holdarov — C1
Dilnura Shavkatxoʻjayeva — B2
Mahmudjon Maʼrufjonov — B2
Akbarjon Akramjonov — B2
Hayrullo Muhibullayev — B2
Sardorbek Bahodirov — B2
Sevara Iskandarova — B2
Iskandar Mamajonov — B2
Suhayl Abdurahimov — B2
Axrorbek Xolmonov — B2
Afruza Maribjonova — B2
Iskandar Axmedov — B2
Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlariga muvaffaqiyat va yuksak natijalar tilaymiz!
Avvalroq, Namangandagi bir maktabning 121 nafar oʻquvchisi bir nechta fandan milliy va xorijiy til sertifikatlarni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.
