Dehqonobod tumanidagi 86-umumtaʼlim maktabining Qurilish qishlogʻidagi filialini 20 yoki 30 nafar emas, balki uch nafar oʻquvchi bitirdi.
Bitiruvchilardan birining soʻzlariga koʻra, darslarda oʻquvchilarning kamligi bilinadi. Chunki bir sinfda faqatgina 3 nafar oʻquvchining boʻlishi dars soatlari, tartibiga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Oʻquvchi ularda telefon yoʻqligi, shu sababli ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olishmasligini ham aytib oʻtdi. Shuningdek, ularda internetga ulanish muammosi ham mavjud,
Maktabni bitirib, yangi hayotga qadam qoʻyayotgan yigit-qizlarga Prezidentning tabrigi oʻqib eshittirilib, ular turli maqtov va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.a
Maʼlumot uchun! 2025-yilda Kitob tumanidagi “Aspiduxtar” qishlogʻida joylashgan 60-maktabning filialida bir nafar oʻquvchi maktabni bitirgani haqida xabar bergan edik. Ushbu maktabda faqatgina 15 nafar oʻquvchi tahsil olgan va oʻtgan yili shulardan bir nafari maktabni tamomlagan.
