Vazir jamgʻarmasi hisobidan ustama olish uchun saralashning ikkinchi bosqichida ishtirok etadigan pedagoglar roʻyxati, hamda reja-grafik eʼlon qilindi. Suhbatlar 2–6-iyun kunlari hududiy Pedagogik mahorat markazlarida boʻlib oʻtadi.
Xabar berganimizdek, Vaziri jamgʻarmasi hisobidan ustama olish uchun saralashning ikkinchi bosqichi 2-6-iyun kunlari belgilangan reja-grafikga muvofiq hududiy Pedagogik mahorat markazlarida o‘tkazilishi belgilangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 26-maydagi 187-sonli buyrug‘iga qilingan 1-ilovada Vazir jamgʻarmasi hisobidan 2026-yilda har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan ikki bosqichli saralashning 1-bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda 2-bosqich – kasbiy mahoratni baholash boʻyicha suhbat jarayonlarida ishtirok etadigan nomzodlar roʻyxati va suhbat kunlari reja-grafigi keltirilgan.
Pedagoglar ushbu link orqali qayerda va qaysi soatlarda suhbatga ishtirok etishi bilan tanishishi mumkin.
Nomzodlar tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq, oʻzlariga belgilangan suhbat kuni va vaqtida suhbat oʻtkaziladigan manzilda hozir boʻlishlari va suhbat
jarayonida ishtirok etishlari shart.
Nomzodlarga suhbat oʻtkaziladigan hududga quyidagi buyumlarni olib kirish taqiqlanadi:
– mobil telefonlar, planshetlar, aqlli soatlar va boshqa elektron aloqa vositalari;
– yozma materiallar, konspektlar, kitoblar va boshqa axborot manbalari;
– audio yoki video yozib oluvchi qurilmalar;
– maʼlumot uzatuvchi har qanday texnik vositalar.
Nomzodlar yuqoridagi buyumlarni suhbat boshlanishidan oldin belgilangan tartibda topshirishlari yoki maxsus joyda qoldirishlari shart.
Taqiqlangan buyumlarni olib kirgan yoki ulardan foydalanishga uringan nomzodlar dalolatnoma asosida suhbatdan chetlashtiriladi va suhbatdan oʻtmagan deb hisoblanadi.
Suhbat jarayonida nomzodlar tasodifiy tanlangan 4 ta savol boʻyicha maksimal 20 ballik tizimda baholanadi.
Har bir nomzod bilan suhbat oʻtkazish uchun 12 (oʻn ikki) daqiqa vaqt ajratiladi. Belgilangan vaqt doirasida nomzodga savollar berish, javoblarni eshitish va baholash jarayoni toʻliq yakunlanishi kerak. Suhbat vaqtining oshirilishiga yoʻlqoʻyilmaydi, bundan faqat texnik uzilishlar yoki komissiya tomonidan asoslantirilgan holatlar mustasno.
Baholash maxsus elektron platforma orqali amalga oshiriladi. Elektron platforma baholash jarayonining shaffofligi, xolisligi va natijalarni avtomatik qayd
etilishini taʼminlaydi.
Suhbat davomida har bir nomzod baholash mezonlarining har bir bandi boʻyicha alohida-alohida baholanadi.
