“Iqtidor maktab ansambli” va “Turon” maktab teatri tanlovlarining Respublika bosqichi Samarqandda oʻtkaziladi

“Iqtidor maktab ansambli” va “Turon” maktab teatri tanlovlarining Respublika bosqichi Samarqandda oʻtkaziladi

11-aprel kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida joriy yil oʻtkaziladigan malaka sinovlarini tashkil etish, inklyuziv sinflari mavjud taʼlim maskanlari hamda “Jasorat maktab”lari faoliyati, “Iqtidor maktab ansambli” va “Turon” maktab teatri tanlovlarini oʻtkazish masalalariga doir “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.

 

 

Yig’ilish davomida joriy yilgi “Iqtidor maktab ansambli” va “Turon” maktab teatri tanlovlarini oʻtkazish ishlari ham atroflicha muhokama qilindi.

 

 

Ma’lumotlarga ko’ra, 7-apreldan start berilgan “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining tuman (shahar) bosqichida maktablardan 8 890 ta jamoa (71 120 nafar oʻquvchi) ishtirok etmoqda.

 

 

Bellashuvlarning hududiy bosqichi joriy yilning 14-29-aprel kunlari, “Iqtidor maktab ansambli” va “Turon” maktab teatri tanlovlarining Respublika bosqichi iyun oyida Samarqand shahrida oʻtkaziladi.