Chet elda oʻqiyotgan oʻzbekistonliklar soni keskin kamaydi

Chet elda oʻqiyotgan oʻzbekistonliklar soni keskin kamaydi

2026-yilning yanvar mart oylarida 5 862 nafar Oʻzbekiston fuqarosi oʻqish uchun chet elga safar qilgan, bu esa 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming nafarga kamroq. Eng koʻp oʻzbekistonlik talabalar tahsil oladigan davlatlar Rossiya, Koreya, Qirgʻiziston va Xitoy boʻldi.

 

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar mart oylarida 5 862 nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga safar qilgan.

 

Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming nafarga yoki 21,2 foizga kamaygan.

 

Mazkur davrda Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida eng koʻp borgan davlatlar:

 

– Rossiya – 1 241 nafar;

 

– Koreya R. – 1 131 nafar;

 

– Qirgʻiz R. – 1 059 nafar;

 

– Xitoy – 424 nafar;

 

– Turkiya – 423 nafar;

 

– Tojikiston – 381 nafar;

 

– Buyuk Britaniya – 292 nafar;

 

– Boshqa davlatlar – 911 nafar.

 

Avvalroq, Rossiyada ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 46 mingdan oshganligi haqida xabar bergan edik. 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish