“Yangi Oʻzbekiston” universitetiga yangi rektor tayinlandi

“Yangi Oʻzbekiston” universitetiga yangi rektor tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Bahodir Ahmedov “Yangi Oʻzbekiston” universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Tayinlovga qadar u 2021-yildan buyon “Yangi Oʻzbekiston” universitetida professor hamda oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Bahodir Ahmedov fizika-matematika fanlari doktori boʻlib, Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Shundan soʻng, u Ispaniyaning University of Granada universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan hamda Germaniyaning RWTH Aachen University doktoranturasini yakunlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shuningdek, Bahodir Ahmedov 2020-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Avvalroq, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga rektor vazifasini bajaruvchisi tayinlangani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠