O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 2,5 trillion so‘mga yetgan – Statistika agentligi

O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 2,5 trillion so‘mga yetgan – Statistika agentligi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 2025-yil yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasining rivojlanishi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 2,5 trillion so‘mga yetgan va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16 foizga yuqori degani.

 

O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 2,5 trillion so‘mga yetgan – Statistika agentligi

 

Hududlar kesimida Toshkent shahri 1 trillion 318,3 milliard so‘m bilan yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakat bo‘yicha umumiy hajmning 52,7 foizini tashkil etadi. Samarqand (174,2 mlrd so‘m) va Farg‘ona (134 mlrd so‘m) viloyatlari keyingi o‘rinlarni egalladi. Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etildi (22,8 mlrd so‘m).

 

O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 2,5 trillion so‘mga yetgan – Statistika agentligi

 

Xizmatlar sohasining umumiy ko‘rsatkichlari

 

Xizmatlar sohasining umumiy hajmi 2025-yil yanvar oyida 64 trillion 784,6 milliard so‘mni tashkil etgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,4 foizga o‘sishni anglatadi. Moliyaviy xizmatlar (2,5 foiz), yashash va ovqatlanish xizmatlari (1,9 foiz) va transport xizmatlari (1,8 foiz) umumiy o‘sishga eng katta hissa qo‘shgan tarmoqlar bo‘ldi.

 

Ta’lim xizmatlari o‘sishda davom etmoqda

 

Ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi so‘nggi to‘rt yil ichida barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda:

 

2021-yil – 648,8 mlrd so‘m (+17,9 foiz);

2022-yil – 986,3 mlrd so‘m (+24,7 foiz);

2023-yil – 1 trln 125,5 mlrd so‘m (+10,3 foiz);

2024-yil – 1 trln 842,3 mlrd so‘m (+22,2 foiz);

2025-yil – 2 trln 499,1 mlrd so‘m (+16,0 foiz).