PISA 2025 tadqiqotida qatnashish uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan respublikamizdagi 233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olindi. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur maktablardagi 9050 nafar 15 yoshli o‘quvchi tadqiqotda qatnashishi nazarda tutilgan.
2025-yildagi tadqiqotda dunyoning 91 ta mamlakatlari qatorida O`zbekiston maktablarining munosib ishtirokini ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Tadqiqot jarayonlari 2025-yilning aprel va may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, sinovlar kompyuter yordamida onlayn tarzda tashkil etiladi. Ma’lumot uchun: 2022-yildagi tadqiqotda jami 81 ta davlat ishtirok etgan bo‘lib, O‘zbekistondan 202 ta maktabdan 7 293 nafar o‘quvchi qatnashgan.