Konstitutsiya – davlatning asosiy hujjati bo‘lib, davlat boshqaruvi, hukumat organlari faoliyatining tartibi va tamoyillari, davlat, jamiyat, fuqarolarning huquq hamda majburiyatlari u bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasiga ko’ra, har kim ta’lim olish huquqiga.
Har kim ta’lim olish huquqiga ega.
Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.
Eslatib oʻtamiz, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yilning 1-maydan e’tiboran kuchga kirgan. U 6 boʻlim, 27 bob va 155 moddadan iborat.
Konstitutsiya haqidagi 10 ta qiziqarli fakt
– Eng qadimgi Konstitutsiya 1792 yili Polshada qabul qilingan.
– Yaponiya Konstitutsiyasi — 1947-yildan buyon kuchda bo‘lgan bu hujjat mamlakatni urushdan voz kechishga majbur qilgan dunyodagi yagona konstitutsiyadir.
– 2004-yilda Yevropa Ittifoqi Konstitutsiyasi qabul qilingan bo’lib, u 20 ta tilga tarjima qilingan. Bu hujjat dunyodagi eng keng qamrovli hujjatga aylangan. Ammo u Yevropa mamlakatlari umummilliy referendumida yetarli ovoz to‘play olmagan.
– Isroilda yagona Konstitutsiya o‘rniga asosiy qonunlar to‘plami amal qiladi. Chunki mamlakat diniy va dunyoviy qonunlar o‘rtasidagi ziddiyatni bir hujjat doirasida hal etish uchun juda katta.
– Hindiston Konstitutsiyasi 1950 yilda qabul qilingan. U hajmi bo‘yicha dunyodagi eng katta Asosiy Qonun hisoblanadi.
– Yaponiya Konstitutsiyasining uch asosiy tamoyili bor:
- xalq suvereniteti;
- insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish;
- patsifizm (millatning suveren huquqi sifatida urushdan voz kechish).
– AQSh Konstitutsiyasida “demokratiya” so‘zi yodga olinmagan. Bundan tashqari, ushbu hujjat rekord darajada qisqa bo‘lib, 4,4 mingta so‘zdan iborat.
– Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi postsovet mintaqasida birinchi bo‘lib qabul qilingan.
– Ekvador tabiat huquqini Konstitutsiya bilan mustahkamlagan dunyodagi ilk mamlakatga aylangan.
– Malta Konstitutsiyasi o‘z mamlakatini neytral, tinchlik sari intiluvchi sifatida belgilaydi.