Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi maktablardan birida oʻqituvchi sinfda telefon oʻynab oʻtirgan paytda oʻquvchilar janjallashgani tasvirlangan video tarqaldi.
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bildirgan munosabatga ko‘ra, ushbu holat shu yilning 14-sentyabr kuni Shofirkon tumanidagi 13-ixtisoslashtirilgan maktabdagi 8-sinf oʻquvchilari va tarix fani oʻqituvchisi ishtirokida yuz bergan.
Videoda oʻqituvchi darsda telefondan foydalanayotgan paytda orqa partadagi ikki bola mushtlashgani tasvirlangan. Shundan soʻng oʻqituvchi oʻquvchilar yoniga borgan va ularning birining yuziga tarsaki tushirgan.
“Pedagogik talablarni qoʻpol ravishda buzganligi uchun oʻqituvchiga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi”, deyiladi munosabatda.