Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish muddati kechiktirildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish muddati kechiktirildi

Agentlik ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga talabgorlarni ro‘yxatga olishni kechiktirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ro‘yxatga olish oktabr oyida o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilinganidan so‘ng boshlanadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bilimni baholash agentligi ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish belgilangan muddatda boshlanmasligini ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Agentlik xabariga ko‘ra, hozirda mazkur fanlardan oktabr oyida o‘tkazilgan imtihon natijalarini hisoblash va tahlil qilish ishlari davom etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu sababli navbatdagi imtihonlarda ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish avvalgi imtihon natijalari e’lon qilinganidan keyin boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Imtihon natijalari e’lon qilinadigan sana hamda navbatdagi imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish muddati bo‘yicha agentlik kun davomida qo‘shimcha ma’lumot berishini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, umumiy jadvalda ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlari bo‘yicha arizalar 20-noyabrdan 4-dekabrgacha qabul qilinishi belgilangan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠